Yangiliklar
Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 466,6 million dollarga yetdi
2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 466,6 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Bu ko‘rsatkich mamlakat jami eksportining 13,2 foizini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,5 foizga oshdi.
Xorijga yetkazib berish tarkibida asosiy ulush tayyor to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri keladi – 52 foiz. Eksportning salmoqli qismini ham kalava iplar tashkil etadi – 30 foiz.
Undan keyin 8 foiz ulush bilan trikotaj gazlamalar, 7 foiz gazlamalar, 2 foiz paypoq mahsulotlari va 1 foiz gilamlar turadi.
Shunday qilib, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti barqaror o‘sish dinamikasini saqlab qolmoqda va O‘zbekiston tashqi savdosida yetakchi o‘rinlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Manba