XALQARO FORUM: TASHKENT WATER WEEK 2026

25 - 26 mart 2026, JW Marriott Hotel Tashkent / Toshkent, O`zbekiston

Tashkilotchilar haqida

Iteca Exhibitions XK MChJ — 1995-yildan buyon Oʻzbekistonda xalqaro koʻrgazmalar va konferensiyalar tashkilotchisi. Iteca Exhibitions koʻrgazmalari iqtisodiyotning deyarli barcha strategik yoʻnalishlarini, jumladan qurilish, oziq-ovqat sanoati, sogʻliqni saqlash, neft va gaz, transport, toʻqimachilik mashinasozligi, energetika, kimyo, metallurgiya va boshqa sohalarni qamrab oladi.
MANZIL: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59A, 4-qavat, Toshkent, 100000, O‘zbekiston
telefon: +998 71 205 18 18 | E-mail: post@iteca.uz | web: www.iteca.uz

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 1934-yilda tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bo‘lib, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (PQ-42) asosida milliy tadqiqot universiteti maqomiga ega bo‘lgan.
MANZIL: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39, 100000 (Hamid Olimjon metro bekati)
telefon: +998 71 237 19 36 | E-mail: admin@tiiame.uz | web: https://tiiame.uz/

Progressiv islohotlar markazi — Markaz mustaqil tadqiqotlar olib borish va kompleks tahliliy materiallar ishlab chiqish, shuningdek barqaror rivojlanish va mamlakatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi dalillarga asoslangan siyosat va islohotlarni ilgari surish bilan shug‘ullanadi. Tashkilot O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning rivojlanishiga oid muhim masalalar ustida birgalikda ishlash uchun turli soha ekspertlari, olimlar va amaliyotchilarni birlashtiradi.
telefon: +998 71 203 32 88 | E-mail: info@proreforms.uz | web: https://proreforms.uz/