Yangiliklar
O‘zbekistonda suvni tejovchi texnologiyalar uchun subsidiyalar joriy etiladi
O‘zbekiston hukumati suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini tartibga soluvchi nizomni tasdiqladi.
Hujjatga ko‘ra, subsidiyalar qishloq xo‘jaligi mahsuloti turi va qo‘llanilayotgan tizim turidan qat’i nazar, alohida sxema bo‘yicha joriy etilgan har bir texnologiya uchun Davlat byudjetidan faqat bir marta beriladi.
Subsidiya olish uchun ishlab chiqaruvchilar ekin maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni konturlari va mahsulot turlari boʻyicha “Agroportal” tizimiga kiritishlari shart. To‘lovlarni qabul qilish uchun ariza faqat ushbu portal orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Arizaga Tomchi-reestrga kiritilgan pudratchi bilan tuzilgan shartnomaning nusxasi, loyiha hujjatlari va ishlarning tugallanganligi to`g`risidagi guvohnoma, shuningdek, ularning joylashgan joyi aniq ko`rsatilgan holda texnologiyalar joriy etilgan sxemalar to`g`risidagi ma`lumotlar ilova qilinishi kerak.
Texnologiyani o`z mablag`lari hisobidan amalga oshirishda ishlab chiqaruvchiga belgilangan hisob-kitoblar bo`yicha subsidiya miqdorining 50 foizini oldindan to`lash mumkinligi alohida nazarda tutilgan.
Yangi chora qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi yechimlarni joriy qilishni rag‘batlantirish va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Manba