XALQARO FORUM: TASHKENT WATER WEEK 2028

25 - 26 mart 2028, JW Marriott Hotel Tashkent / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston va Xitoy energetika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining energetika bo‘yicha quyi qo‘mitasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston energetika vaziri J. Mirzamaxmudov va Xitoy Davlat energetika boshqarmasi raisi Van Xunji. Muzokaralarda ikki davlatning tegishli vazirliklari va yirik energetika kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlik strategik tashabbuslar va oliy siyosiy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi tufayli yuqori rivojlanish darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladilar.

Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashning asosiy omili sifatida neft-gaz sohasi, elektroenergetika va qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhimligi ta’kidlandi.

Muhokamalar chog‘ida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, uglevodorodlarni qazib olish, yer osti gaz omborlarini qurish va magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xitoyning ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish tashabbuslari, shuningdek, energetika tizimini integratsiyalash va malakali kadrlar tayyorlash masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, energetika infratuzilmasini raqamlashtirish, tarmoq jarayonlarini standartlashtirish va energetika obyektlarini boshqarishni takomillashtirish sohasida tajriba almashishni davom ettirishga kelishib oldilar. Quyi qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi Xitoyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba